date

Tramp ishtirokida Oq Uyda UFC turniri o‘tadi

Tramp ishtirokida Oq Uyda UFC turniri o‘tadi

UFC tashkiloti rahbari Dana Uayt Oq Uyda rejalashtirilayotgan navbatdagi janglar oqshomiga tayyorgarlik jarayonida AQSH prezidenti Donald Tramp ham bevosita ishtirok etishini ma’lum qildi.

Uaytning so‘zlariga ko‘ra, Kreyg Borsari, u hamda UFC jamoasi Oq Uyda bo‘lib o‘tadigan turnirning nafaqat tashkiliy jihatlari, balki janglar kartasini shakllantirish masalasini ham Prezident Tramp va uning jamoasi bilan birgalikda muhokama qilmoqda. Shu maqsadda ular Vashingtonga safar uyushtirgan.

“Biz bir nechta variantlarni ko‘rib chiqyapmiz. Uchta asosiy g‘oya bor va ulardan qay biri Prezidentga ma’qul kelishini tahlil qilamiz. Bu turnir o‘ziga xos, noyob, maxsus va juda qimmat tadbir bo‘ladi”, — deya Uaytning so‘zlarini keltiradi MMA Fighting nashri.

Ma’lum qilinishicha, UFC tomonidan Oq Uy hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan janglar oqshomi 14 iyun kuniga mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tramp ishtirokida Oq Uyda UFC turniri o‘tadi