date

Gollivud afsonasi Robert Dyuval hayotdan ko‘z yumdi

Gollivud afsonasi Robert Dyuval hayotdan ko‘z yumdi

Amerikalik aktyor, rejissyor va prodyuser Robert Dyuval 95 yoshida vafot etdi. Xabarlarga ko‘ra, u Middlburgdagi uyida, yaqinlari bag‘rida hayotdan ko‘z yumgan.

Dyuval 60-yildan ortiq davom etgan karerasida Xollivudning eng tan olingan “katta maktab” aktyorlaridan biri sifatida esda qoldi. U Cho‘qintirgan ota va Cho‘qintirgan ota 2dagi obrazlari, shuningdek Bugungi apokalipsis orqali millionlab tomoshabinlar qalbiga kirgan.

Eng katta mukofotlardan biri esa unga Mehr-shafqatdagi roli orqali nasib etgani qayd etiladi. Manbalar Dyuval taxminan 100 ga yaqin badiiy film va o‘nlab seriallarda ishtirok etgani, shuningdek bir nechta loyihalarga rejissyorlik qilganini ham esga oladi. U ketdi, lekin ekranda qoldirgan “tirik” obrazlari hali uzoq yillar odamlarni ushlab turadi — bu esa har aktyorga ham nasib qilavermaydigan meros.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Gollivud afsonasi Robert Dyuval hayotdan ko‘z yumdi