Pimenov Rossiya martdagi raqiblaridan faqat foyda kutmoqda

Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ruslan Pimenov 2026 yil mart oyida o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan o‘rtoqlik BetBoom uchrashuvlari haqida fikr bildirdi. Avvalroq rossiyaliklar Mali va Gvatemala terma jamoalariga qarshi maydonga tushishi mumkinligi xabar qilingandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Pimenovning ta’kidlashicha, xorijiy terma jamoalarga qarshi bo‘ladigan har qanday o‘yin jamoa uchun ijobiy tajriba beradi. Uningcha, raqibning reytingi yoki jadvaldagi o‘rni muhim emas — imkoniyat bor ekan, o‘ynab, tajriba to‘plash kerak.
FIFA reytingida Mali 54-o‘rinda, Gvatemala 94-o‘rinda, Rossiya esa 36-pog‘onada turibdi. Rossiya terma jamoasi ushbu ikki raqibga qarshi avval hech qachon uchrashuv o‘tkazmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing