Navoiyda sifatsiz asfalt ishlari yuzasidan joyida tekshiruv o‘tkazildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati hududida, xususan Navbahor tumanidagi “Qiziltepa” mahalla fuqarolar yig‘ini ichki yo‘llari sifatsiz ta’mirlangani haqida tarqalgan xabarlar asosida Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
Dastlabki ko‘rik natijalariga ko‘ra, jami 8,134 kilometr masofada yotqizilgan asfalt-beton qoplama amaldagi loyiha talablariga to‘liq javob bermasligi ma’lum bo‘ldi. Xususan, qoplama qatlami bir tekis yotqizilmagan, uning qalinligi hamda zichlanish darajasi belgilangan me’yorlarga mos kelmagan.
Shuningdek, laboratoriya tekshiruvlari davomida ham asfalt qoplamaning suv shimuvchanligi va zichlanish ko‘rsatkichlari normativ talablardan chetga chiqqanligi aniqlangan.
Aniqlangan kamchiliklar va holatlar bo‘yicha tuzilgan materiallar tegishli tartibda huquqiy baho berish uchun mas’ul idoralarga yuborildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!