Argentinada di Mariya simulyatsiya ayblovlari ostida qoldi

Anhel di Mariya vatani Argentinaga qaytgach, avvaliga ijobiy natijalar qayd etdi. Biroq keyingi haftalarda uning atrofidagi fon o'zgardi: muammo maydondagi o'yinidan ko'ra ko'proq raqiblar va muxlislar noroziligi bilan bog'liq. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina chempionatida «Rosario Sentral» safida to'p surayotgan sobiq «Manchester Yunayted» va «Real» futbolchisi tez-tez yiqilish va qo'pol harakatlarni bo'rttirib ko'rsatishda ayblanmoqda. Mahalliy forumlarda «nega uni hiylalari uchun ogohlantirishmaydi», «yulduz bo'lsa-da, bunday hatti-harakatlar charchatdi», «shunday darajadagi futbolchi penalti so'rab o'zini tashlashga majbur bo'layotgani achinarli» kabi tanqidiy fikrlar ko'paygan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing