Xonanda Yulduz Turdiyeva ko'proq nimalarni yo'qotganidan afsusda?

Xonanda Yulduz Turdiyeva intervyulardan birida san’atga ko‘proq vaqt ajratish ortida qolib ketgan tuyg‘ular va yo‘qotilgan lahzalar haqida juda samimiy gapirdi. Suhbat davomida undan: “Sizga bergan eng katta tuhfasi va hayotingizda ayrim yo‘qotishlarga sabab bo‘lgan holatlar ham bo‘lganmi?” degan savol berildi. Bu savol xonandani chuqur o‘yga toldirdi.
Yulduz Turdiyevaning javobi esa ko‘pchilikni larzaga soldi. U san’atning bergan imkoniyatlarini inkor etmagan holda, yo‘qotganlari ham borligini aytdi. “Albatta… mani yo‘qotishlarim farzandlarimning yoshlik, beg‘uborlik davrlari…” deya gapini davom ettirar ekan, xonanda ko‘zidagi yoshni yashira olmadi.

U hatto o‘zini to‘xtata olmay, farzandlarining bolalikdagi qadamlarini eslab yig‘lab yubordi. Bu lahza ko‘p ota-onaga tanish haqiqatni eslatdi: muvaffaqiyat ortidan yugurib, ba’zan eng qadrli onlar — yaqinlaring bilan o‘tadigan oddiy, ammo bebaho vaqt qo‘ldan chiqib ketadi. Xonandaning bu iqrorlari esa san’at ortidagi insoniy og‘riqni yana bir bor ko‘rsatdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!