Franchesko Totti Mourinyu bilan ishlamaganidan afsus bildirdi

Rimning “Roma” klubi sobiq sardori Franchesko Totti faoliyati davomida portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyu qo‘l ostida ishlamaganidan afsusda ekanini aytdi. Mourinyu keyinroq rimliklar bilan ishladi, biroq bu paytga kelib Totti futbolchilik faoliyatini 2017 yilda yakunlab bo‘lgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tottining ta’kidlashicha, agar u Mourinyu davrida maydonga tushganida o‘z imkoniyatlarini yanada to‘liqroq namoyon eta olardi. U murabbiy haqida “ochiqko‘ngil, futbolchilarga maydonda erkinlik beradigan, jamoani a’lo darajada boshqara oladigan mutaxassis” deya eshitganini qayd etdi. Totti fikricha, ko‘plab yulduzlar jam bo‘lgan tarkibda ularni shunchaki mashq qildirish emas, balki to‘g‘ri boshqarish ham juda muhim.
Eslatib o‘tamiz, hozirda “Roma” A Seriyada 5-o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!