RB Leyptsig asosiy posbonidan kamida olti hafta ayrildi

Germaniyaning «RB Leyptsig» klubi kamida bir yarim oy davomida jamoaning asosiy darvozaboni Peter Gulachisiz qoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Vengriyalik posbon «buqalar»ning «Volfsburg»ga qarshi uy uchrashuvida jarohat olgan va birinchi bo‘limning o‘zidayoq maydonni tark etishga majbur bo‘lgan edi.
Yaxshi xabar shundaki, Gulachiga jarrohlik amaliyoti kerak bo‘lmaydi. Unda chap tizzadagi medial kollateral boylam uzilishi aniqlangan. Darvozabon joriy mavsumda barcha musobaqalarda 22 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, ularning 10 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
«RB Leyptsig» Bundesligada 40 ochko bilan turnir jadvalining beshinchi pog‘onasida bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing