Totti Mourinyu bilan ishlamagani uchun afsusda qoldi

Rimning “Roma” klubi sobiq sardori Franshesko Totti faoliyati davomida portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyu qo‘l ostida ishlash nasib etmagani uchun afsus bildirganini aytdi. Mourinyu keyinroq rimliklar bilan ishlagan bo‘lsa-da, bu davr Tottiga taalluqli emas: afsonaviy futbolchi 2017 yilda faoliyatini yakunlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tottining fikricha, u Mourinyu davrida imkoniyatlarini to‘liqroq ochib bera olardi. “U ochiq inson, futbolchilarga maydonda erkinlik berishni yoqtiradi, jamoani juda yaxshi boshqaradi. Senda shuncha kuchli ijrochilar bo‘lsa, ularni shunchaki mashq qildirish emas, balki to‘g‘ri boshqarish ham kerak”, — deya Tottidan iqtibos keltiradi fcinter1908.it.
Eslatib o‘tamiz, hozirda “Roma” A Seriyada 5-o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!