date

Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Xuniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgado kelganini rasman ma’lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoa tarkibini tezkor kuchaytirish zarurati borligi ta’kidlanmoqda va endi Rikelme hamda Delgado dueti transferlar hamda seleksiya yo‘nalishida aniq qarorlar ustida ishlashiga to‘g‘ri keladi.

Delgado futbolchi sifatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 uchrashuv o‘tkazgan, 1998 yilgi jahon chempionatida ham maydonga tushgan.

Shuningdek, 2003 yilda u «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng sermahsul to‘purari bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi