Bavariya rahbari Keyn shartnomasidagi muhim bandni aytdi

"Bavariya" boshqaruvi a'zosi Uli Xyoness jamoa hujumchisi Garri Keynning kelajagi haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, ingliz futbolchisining shartnomasida kelasi yoz uchun belgilangan sotib olish opsiyasini ishga tushirish muddati allaqachon yakunlangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Xyoness Bild nashriga bergan izohida Keyn klub uchun katta omad ekanini ta'kidladi. Unga ko'ra, 2026 yil yoziga mo'ljallangan tovon puli bandi endi amalda emas, futbolchining amaldagi shartnomasi esa 2027 yil yozigacha davom etadi. Shu sabab "Bavariya" hozircha hech qanday bosim ostida emas.
2025/2026 yilgi mavsumda Garri Keyn 35 o'yinda maydonga tushib, 41 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Bavariya"ning navbatdagi uchrashuvi 21 fevral kuni Myunxenda "Ayntraxt"ga qarshi bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!