Machey Ribus Rossiya va Polsha o'yini bo'lishiga shubha qiladi

Polsha terma jamoasining sobiq futbolchisi Machey Ribus Rossiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi yaqin vaqt ichida o'tkazilishiga ishonmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Avvalroq Rossiya mart oyida Mali va Gvatemala terma jamoalariga qarshi maydonga tushishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Biroq Rossiya futbol ittifoqi hozircha bu borada rasmiy bayonot bermagan.
«Rossiyaning yaqin orada Polsha bilan o'ynashi ehtimoldan yiroq. O'zingiz ko'ryapsiz, ular kimlar bilan uchrashuv o'tkazmoqda», — dedi Ribus Metaratings nashriga.
Eslatib o'tamiz, Rossiya futbol ittifoqi UEFA va FIFA sanksiyalari ostida qolayotgani sababli Rossiya terma jamoasi anchadan beri rasmiy musobaqalarda qatnashmaydi. Bu cheklovlar qariyb to'rt yil avval joriy etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!