Ronaldu yozda Yevropaning top-klublariga qaytishi mumkin

Krishitanu Ronaldu «Al-Nasr» bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etdi va boykotdan so‘ng yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozgi transferlar davrida portugaliyalik yulduz klubini o‘zgartirishi ehtimoli saqlanib turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko‘ra, agent Jorje Mendes allaqachon Yevropaning yetakchi jamoalari bilan bog‘lanib, 41 yoshli Ronalduni yozda tarkibga qo‘shish variantini taklif qilmoqda.
Avvalroq OAVda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyingi kelishmovchiliklar sabab Mendes bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Krishitanu hanuzgacha Mendes agentligining mijozi sifatida qayd etilgan.
Ronaldu va «Al-Nasr» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!