Ronaldu Yevropaning top klublariga taklif qilinishi mumkin

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan munosabatlarni tiklab, boykotdan keyin yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda yulduzli portugaliyalik klubini o'zgartirishi ehtimoli yana kun tartibiga chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko'ra, agent Jorje Mendes yozgi transfer oynasi oldidan Yevropaning bir qator top klublariga qo'ng'iroq qilib, 41 yoshli Ronalduni tarkibga qo'shishni taklif qilmoqda.
Avvalroq OAVda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyin kelishmovchiliklar sabab Mendes bilan hamkorlikni to'xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Krishtianu hanuz Mendes agentligi mijozlari ro'yxatida turibdi.
Hozirgi shartnoma Ronalduni «Al-Nasr» bilan 2027 yil o'rtalarigacha bog'lab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!