Markinyos Saudiya Arabistoniga bormaydi, Qatarga ko'proq moyil

Rossiyalik ko'plab futbol ishqibozlari uchun Saudiya Arabistoni ham, Qatar ham bir xil — Sharqning sirli ekzotikasi. Biroq braziliyalik Markinyos bu ikki yo'nalishni qat'iy ajratadi: u Saudiya Arabistoniga ko'chishni istamayapti, ammo Qatardagi variantni ko'rib chiqishga tayyor, deya xabar beradi fransuz nashri L'Equipe. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ma'lumot uchun, 31 yoshli himoyachi 2013 yildan buyon PSJ safida to'p suradi. Parij klubida undan ham uzoqroq muddatdan beri o'ynayotgan futbolchi hozircha yo'q.
Markinyos faoliyati davomida Braziliyaning «Korintians» klubi hamda Italiyaning «Roma» jamoasida ham o'ynagan. U Braziliya terma jamoasi safida 95 ta uchrashuv o'tkazgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing