date

Ronalduni Yevropa gigantiga olib kelish gʻoyasi yana jonlandi

Ronalduni Yevropa gigantiga olib kelish gʻoyasi yana jonlandi

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan munosabatlarni yumshatib, boykotdan keyin yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik yulduz klubini o‘zgartirishi ehtimoli hanuz muhokamada. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko‘ra, agent Jorje Mendesh yozgi transfer oynasi oldidan Yevropaning top klublari bilan bog‘lanib, 41 yoshli hujumchini tarkibga qo‘shishni taklif qilmoqda.

Avvalroq OAVda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyin yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sabab Mendesh bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma’lumotlarida Krishtianu hanuz Mendesh agentligi mijozlari qatorida ko‘rsatilgan.

Ronaldu bilan «Al-Nasr» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronalduni Yevropa gigantiga olib kelish gʻoyasi yana jonlandi