date

Markinyos Saudiya emas, faqat Qatar variantini ko'rib chiqmoqda

Markinyos Saudiya emas, faqat Qatar variantini ko'rib chiqmoqda

Rossiyalik futbol muxlislari uchun Saudiya Arabistoni ham, Qatar ham bir xil sharqona ekzotika bo'lib ko'rinishi mumkin. Biroq braziliyalik Markinyos uchun farq katta: u Saudiya Arabistoniga borish niyatida emas, ammo Qatarga o'tish variantiga ijobiy qaramoqda, deb yozadi fransuzlarning L'Equipe nashri. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

31 yoshli himoyachi 2013 yildan beri PSJ safida to'p surib kelmoqda. Parij klubi tarkibida undan ko'proq yillardan beri o'ynab kelayotgan futbolchi hozircha yo'q.

Markinyos avvalroq Braziliyaning «Korintians» hamda Italiyaning «Roma» klublari sharafini ham himoya qilgan. U faoliyati davomida Braziliya milliy jamoasi safida 95 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Markinyos Saudiya emas, faqat Qatar variantini ko'rib chiqmoqda