date

Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Argentina grandi «Boka Xuniors» klubida sport direktori almashdi: bu vazifaga Marselo Delgado tayinlandi. U klub prezidenti, «Barselona»ning sobiq futbolchisi Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub tarkibini tezroq kuchaytirish zarurati bor va yangi rahbariyat dueti transfer siyosatini faollashtirishga kirishadi.

Delgado futbolchilik faoliyatida ham tanilgan: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillar oraligida 18 uchrashuv o‘tkazgan, 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogida eng ko‘p gol urgan futbolchilar qatoridan joy olgan — bu ko‘rsatkichni u «Santos» hujumchisi, braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan bo‘lishib olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi