Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentinaning "Boka Huniors" klubi sport direktori lavozimiga Marselo Delgado kelganini ma'lum qildi. U klub prezidenti, "Barselona"ning sobiq futbolchisi Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub tarkibini tez fursatda kuchaytirish zaruratini sezmoqda va endi Rikelme hamda Delgado dueti aynan shu yo'nalishda faol ishlashi kutilmoqda.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasi safida 18 uchrashuvda maydonga tushgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, 2003 yilda u "Santos" hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng sermahsul to'purari bo'lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing