date

Boka Huniors yangi sport direktorini rasman e'lon qildi

Boka Huniors yangi sport direktorini rasman e'lon qildi

Argentinaning «Boka Huniors» klubi sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini ma'lum qildi. U klub prezidenti, sobiq «Barselona» futbolchisi Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub tarkibini tez fursatda kuchaytirish zarurati bor va Delgadо hamda Rikelme tandemi aynan shu yo'nalishda faol ish olib borishi kutilmoqda.

Delgado futbolchilik faoliyatida ham nom qoldirgan: u 1995–2002 yillar oralig'ida Argentina terma jamoasida 18 ta uchrashuv o'tkazgan, jumladan 1998 yilgi Jahon chempionatida ham maydonga tushgan.

Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores Kubogining eng yaxshi to'purari bo'lgan — bu natijani «Santos» hujumchisi, braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan birga qayd etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Huniors yangi sport direktorini rasman e'lon qildi