Ronaldu uchun Yevropaning grand klublariga qo'ng'iroqlar boshlandi

Krishtianu Ronaldu "Al-Nasr" bilan kelishmovchiliklarni ortda qoldirib, boykotdan so'ng yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik yulduz klubini o'zgartirishi ehtimoli hanuz kun tartibida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko'ra, agent Jorje Mendes allaqachon Yevropaning top klublari bilan bog'lanib, 41 yoshli Ronalduni yozgi transfer oynasida tarkibga qo'shishni taklif qilmoqda.
Bir necha yil avval OAV Ronalduning "Manchester Yunayted"dan ketishidan keyingi kelishmovchiliklar sabab Mendes bilan hamkorlikni to'xtatgani haqida yozgan edi. Biroq Transfermarkt ma'lumotlarida Krishtianu hamon Mendes agentligi mijozi sifatida qayd etilgan.
Ronalduning "Al-Nasr" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!