Ronalduni Yevropa grand klubiga taklif qilish boshlandi

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan munosabatlarni tiklab, boykotdan so‘ng yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik yulduz klubini o‘zgartirishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko‘ra, agent Jorje Mendes yozgi transfer oynasi oldidan Yevropaning bir qator top-klublari bilan bog‘lanib, 41 yoshli Ronalduni tarkibga qo‘shishni taklif qilmoqda.
Avvalroq matbuotda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyingi kelishmovchiliklar sabab Mendes bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma’lumotlarida Krishtianu hanuz Mendes agentligi mijozi sifatida ko‘rsatilgan.
Ronalduning «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing