date

Boka Xuniors Marcello Delgadoni sport direktori etib tayinladi

Boka Xuniors Marcello Delgadoni sport direktori etib tayinladi

Argentinaning «Boka Xuniors» klubi yangi sport direktorini rasman eʼlon qildi — bu lavozimga Marselo Delgado kelib qoʻshildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Boka Xuniors» tarkibni tezroq kuchaytirishga muhtoj, shu bois Delgado va Rikelme oldida transfer bozorida faol ishlash hamda jamoaga zarur qoʻshimchalarni topish vazifasi turibdi.

Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasi safida 18 o‘yin o‘tkazgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham maydonga tushgan.

Shuningdek, 2003 yilda u Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan — bu natijani «Santos» hujumchisi braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan birga qayd etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Xuniors Marcello Delgadoni sport direktori etib tayinladi