date

Ronalduni Yevropaning top klublariga taklif qilish boshlandi

Ronalduni Yevropaning top klublariga taklif qilish boshlandi

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan kelishmovchiliklarni ortda qoldirib, boykotdan so‘ng yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik yulduz klubini o‘zgartirishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko‘ra, agent Jorje Mendesh allaqachon Yevropaning bir qator top klublariga qo‘ng‘iroq qilib, 41 yoshli Ronalduni yozgi transfer oynasida safga qo‘shishni taklif qilmoqda.

Avvalroq OAVda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyin yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sabab Mendesh bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma’lumotlarida Krishtianu hamon Mendesh agentligining mijozlari qatorida ko‘rsatilgan.

Ronalduning «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronalduni Yevropaning top klublariga taklif qilish boshlandi