Barselona yangi hujumchining hujjat muammosidan xavotirda

“Barselona” hujumchisi Hamza Abdelkarim hanuzgacha jamoa safida maydonga tushish huquqini qo‘lga kirita olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kataloniyaliklar 18 yoshli misrlik futbolchini Qohiraning “Al-Ahli” klubidan majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga olgan. Fevral boshida kelishuv yakunlangan bo‘lsa-da, Abdelkarim Ispaniyada ishlash ruxsatnomasini hali olmagan. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, klubda bu masala yechimi yana ancha vaqt cho‘zilib ketishidan xavotir bor. Hozircha u “ko‘k-anorranglilar”ning ikkinchi jamoasida qachon debyut qilishi ham noaniq, aynan shu tarkibda uni o‘ynatib, tayyorlab borish rejalashtirilgan edi.
Mish-mishlarga qaraganda, Hamza Abdelkarimni to‘liq sotib olish “Barselona”ga 5–8 mln yevroga tushishi mumkin. Ko‘chib kelishidan avval hujumchi “Al-Ahli” safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!