Kompani Bavariya uchun qaysi futbolchini xohlayotganini aytdi

"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Myunxen klubiga yana qaysi futbolchini olib kelishni istashi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis matbuot anjumanida uning asosiy vazifasi hozirgi tarkibdagi futbolchilar bilan ishlash ekanini ta'kidladi. Kompani transfer masalalarida boshqa mutasaddilar ham borligini eslatib, o'zi mavjud futbolchilarni eng kuchlilar deb bilishini aytdi: "Men Garri Keyn, Maykl Olise, Luis Dias, Jamal Musiala va boshqalar bilan ishlashni xohlayman. Yozda nima bo'lishini ko'ramiz", — dedi u.
Vensan Kompani 2024 yil yozida "Bavariya"ni boshqara boshlagan. Uning qo'l ostida myunxenliklar Bundesliga hamda Germaniya Superkubogini qo'lga kiritdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing