Janni Infantino: Jahon chempionati finalida tarixiy shou o‘tkaziladi

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino 2026 yilgi jahon chempionati finalida tarixda ilk bor tanaffus vaqtida musiqiy shou tashkil etilishini maʼlum qildi.
Musobaqaning hal qiluvchi uchrashuvi 19 iyul kuni AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi “MetLayf” stadionida bo‘lib o‘tadi. Ushbu final nafaqat sport, balki shou-industriya nuqtayi nazaridan ham katta voqeaga aylanishi kutilmoqda.
Infantinoning aytishicha, tanaffusda bir nechta mashhur sanʼatkorlar ishtirokida katta sahna namoyishi o‘tkaziladi. U bu loyiha tarixdagi eng yirik sport-shou bo‘lishini taʼkidladi:
— Bu futbol bo‘yicha jahon chempionati finali tanaffusidagi ilk shou bo‘ladi. Hozircha ishtirokchilar nomini oshkor qila olmayman, ammo bir nechta sanʼatkorlar sahnaga chiqadi. Bu sayyoradagi eng katta va haqiqiy fantastik shou bo‘ladi, — dedi FIFA rahbari.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionatiga uchta davlat — AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi. Bu format turnir tarixidagi eng yirik geografik qamrovga ega musobaqa bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!