Turkiyada bekor qilingan goldan keyin hakamga samokat uloqtirildi

Turkiyaning quyi, yarim havaskor ligalaridan birida maydondagi mojaroli epizod kutilmagan zo'ravonlik bilan yakunlandi. Golni hisobga olmagan hakam tomonga tribunadan elektr samokat uloqtirilgani haqida xabar tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Transport vositasi to'g'ridan-to'g'ri arbitrga tegib, unga jarohat yetkazgani aytilmoqda. Voqea aks etgan video internetda tezda ommalashib, keng muhokamalarga sabab bo'ldi.
Hodisa «Darendespоr» va «Hekimhan» o'rtasidagi uchrashuvda sodir bo'lgan. Hisob 1:1 bo'lib turgan paytda, uchrashuvning 87-daqiqasida bahsli vaziyat yuzaga kelgan.
Yon hakam Hakan Baskur epizodni qoida buzilishi bilan urilgan gol sifatida baholab, to'pni hisobga olmadi. Shundan so'ng, bezorilik qilgan ayrim muxlislar darhol tajovuzkor harakatga o'tib, hakam tomonga elektr samokat otgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!