Kompani Bavariyada qaysi futbolchini ko'rishni aytdi

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani matbuot anjumanida jamoaga qaysi futbolchini olib kelishni istashi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, uning asosiy vazifasi hozirgi tarkibdagi o'yinchilar bilan samarali ishlashdan iborat. Transfer masalalarida esa alohida mutaxassislar jamoaga yangi futbolchilarni jalb qilish bilan shug'ullanadi. «Men uchun eng muhimi — qo'limizdagi futbolchilar eng yaxshilar ekanini aytish va ular bilan ishlash. Garri Keyn, Maykl Olise, Luis Dias, Jamal Musiala va boshqalar bilan ishlashni xohlayman. Yozda nima bo'lishini ko'ramiz», — dedi Kompani.
Vensan Kompani «Bavariya»ni 2024 yil yozida qabul qilib olgan. Uning boshqaruvi ostida myunxenliklar Bundesligani hamda Germaniya Superkubogini qo'lga kiritdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!