Turkiyada hakam golni bekor qilgach, unga elektrosamokat uloqtirildi

Turkiyaning quyi, yarim havaskor ligalaridan birida maydondagi mojaro kutilmagan darajaga chiqdi: hakam golni inobatga olmagach, tribunadan unga elektrosamokat uloqtirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Transport vositasi hakamga borib tekkan va u jarohat olgani aytilmoqda. Voqea aks etgan video internetda tez tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo'ldi.
Hodisa "Darendespоr" va "Hekimhan" jamoalari uchrashuvida yuz berdi. Hisob 1:1 bo'lib turgan paytda 87-daqiqada bahsli vaziyat qayd etildi.
Yon hakam Hakan Baskur epizodni qoidabuzarlik bilan urilgan gol sifatida baholab, natijada to'pni hisobga olmadi. Shundan so'ng tartib buzishga moyil muxlislar darhol keskin harakatga o'tdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing