Kubarsi Flikning qattiqqo'lligi jamoani qo'llab-quvvatlash deydi

“Barselona” himoyachisi Pau Kubarsi jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning ish uslubi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
19 yoshli futbolchining aytishicha, Flik doim o'yinchilardan o'ziga ishongan holda, erkin o'ynashni talab qiladi. Kubarsi murabbiyning chetdan qaraganda ko'p baqirayotgandek ko'rinishi mumkinligini, biroq aslida u jamoani himoya qilib, futbolchilarni doim qo'llab-quvvatlashini ta'kidladi.
Joriy mavsumda Kubarsi barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol muallifiga aylangan.
Eslatib o'tamiz, “Barselona” avvalgi turda safarda “Jirona”ga 1:2 hisobida yutqazib, La Liga peshqadamligini boy berdi. 25-turda “ko'k-anorranglilar” 22-fevral kuni o'z maydonida “Levante”ni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!