Ronalduning Al-Nasr murabbiyiga muhim iltimosi bor

Al-Nasr hujumchisi Krishtianu Ronaldu faqat eng muhim uchrashuvlarda maydonga tushishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
365Scores Arabic xabariga ko'ra, 41 yoshli portugaliyalik futbolchi jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezushdan OFK Chempionlar ligasining hal qiluvchi bosqichlari boshlanguncha uni imkon qadar kamroq o'yinlarda qo'llashni so'ragan. Ronaldu ortiqcha yuklamadan qochib, asosiy bellashuvlarga maksimal tayyorgarlik ko'rishni va jahon chempionatiga optimal sport formasida yetib borishni istamoqda.
Joriy mavsumda Ronaldu Al-Nasr safida 23 ta o'yinda 19 gol urdi. U Saudiya Arabistoni chempionati to'purarlari ro'yxatida Ayven Tonidan keyin ikkinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing