Aleksey Nikitin hozirgi Milan paradoks jamoa ekanini aytdi

Avvalroq «Ufa», «Rotor» va yana bir qator klublarda to‘p surgan himoyachi Aleksey Nikitin «Milan»ning so‘nggi natijalari haqida fikr bildirdi. 18 fevral kuni «Komo»ga qarshi o‘yinda milanliklar 1:1 hisobida durang qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Nikitinning ta’kidlashicha, hozirgi «Milan»ni tomosha qilganda jamoa raqiblardan ancha ustun ko‘rinmaydi. Uning aytishicha, «Inter» singari to‘liq hukmronlik sezilmasa-da, «Milan» baribir ochkolarni yig‘ishda davom etyapti, biroq gollar ularga juda qiyinlik bilan nasib qilmoqda. Nikitinning so‘zlarini «Match TV» keltirdi.
25 turdan so‘ng «Milan» A Seriya jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Massimiliano Allegri boshqaruvidagi jamoa 25 uchrashuvda 54 ochko jamg‘argan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing