date

Flik Barselona mudofaasini yangilash uchun Shlotterbekni xohlayapti

Flik Barselona mudofaasini yangilash uchun Shlotterbekni xohlayapti

“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoasining himoyadagi o‘yinidan qoniqmayapti. Nemis mutaxassisi mudofaa chizig‘ini qayta qurish zarur, deb hisoblamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko‘ra, Flik transfer bozorida “Borussiya” himoyachisi Niko Shlotterbek uchun kurash olib borishni talab qilmoqchi. “Ko‘k-anorranglilar” ustozi bu boradagi pozitsiyasini sport direktori Dekuga yetkazadi.

Ushbu vaziyatda “Real” zarar ko‘rishi mumkin: so‘nggi paytlarda madridliklar Shlotterbek bilan faol tarzda bog‘lanayotgani haqida ko‘p yozilmoqda.

Transfermarkt mutaxassislari 26 yoshli Niko Shlotterbekning transfer qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik Barselona mudofaasini yangilash uchun Shlotterbekni xohlayapti