Argentinada Di Mariyani simulyatsiya ayblovlari bosimga oldi

Anhel Di Mariya vatanga qaytgach, ilk ijobiy natijalardan so‘ng murakkab davrga duch keldi. Bu holat uning o‘yinidan ko‘ra ko‘proq raqiblar va muxlislar noroziligi bilan bog‘liq: ular tajribali vinger maydonda tez-tez yiqilib, fol ishlatayotganini ta’kidlashmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina chempionati forumlarida «Di Mariyaning hiylalari uchun nega hech qachon ogohlantirish berilmaydi», «u yulduz, ammo bu harakatlar chidab bo‘lmas bo‘lib qoldi», «shuncha darajadagi futbolchi penaltini shunchalik so‘rab olishi achinarli» kabi fikrlar ko‘paygan. Avval «Manchester Yunayted» va «Real»da to‘p surgan futbolchi hozir «Rosario Sentral» safida o‘ynamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing