Saudiya futbolida fojea Al Qadisiya himoyachisi vafot etdi

Saudiya Arabistoni futbolida ogʻir xabar tarqaldi: «Al-Kadisiya» jamoasining 16 yoshli himoyachisi Turki Al-Saed vafot etdi. Bu haqda Saudiya futbol federatsiyasi rasmiy bayonot berib, futbolchi xotirasiga nekrolog eʼlon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Al-Kadisiya» Saudiya Arabistonining ikkinchi darajali ligasida ishtirok etadi va ayni paytda turnir jadvalida toʻrtinchi oʻrinda bormoqda. Jamoa safida italiyalik hujumchi Mateo Retegi ham toʻp suradi, u avvalroq «Atalanta» sharafini himoya qilgan.
Yosh futbolchining oʻlimi sabablari hozircha rasman ochiqlanmadi. Biroq norasmiy maʼlumotlarga koʻra, fojea yoʻl-transport hodisasi oqibatida yuz bergan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing