Saudiya futbolida fojia Al-Qadisiya 16 yoshli himoyachisi vafot etdi

Saudiya Arabistoni futbolidan qayg‘uli xabar: «Al-Qadisiya» jamoasi safida to‘p surgan 16 yoshli himoyachi Turki Al-Saed hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Saudiya futbol federatsiyasi rasmiy bayonot berib, motam xabarini e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Al-Qadisiya» hozirda Saudiya futbolining kuch jihatidan ikkinchi ligasida ishtirok etmoqda va turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Klub tarkibida italiyalik Mateo Retegi ham bor — u avvalroq «Atalanta» sharafini himoya qilgan.
Yosh futbolchining vafot sabablari rasman ochiqlanmagan. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, fojea yo‘l-transport hodisasi oqibatida sodir bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing