Dushan Vlahovich mavsumdan so'ng Barselonaga ko'chmoqchi

"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlahovich mavsum yakunida "Barselona" safiga o'tishni istamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Serbiyalik futbolchining shartnomasi kelasi yozda tugaydi va katta ehtimol bilan uzaytirilmaydi. Tuttosport xabariga ko'ra, 26 yoshli forvard kelajakdagi manzilini ham tanlab bo'lgan — u erkin agent sifatida "Barselona"ga borishni maqsad qilgan. Kataloniyaliklar Vlahovich uchun kurashda peshqadam bo'lib turibdi va transferni amalga oshirish yo'lida ilk qadamlarni tashlamoqda.
Manbalarga ko'ra, "Barselona"da Vlahovich Robert Levandovskining o'rnini bosishi mumkin. Polshalik hujumchining amaldagi bitimi ham iyun oxirida yakuniga yetadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing