Erik Garsiya deyarli Barselonani A Seriya klubiga almashtirgan

"Barselona" himoyachisi Erik Garsiya o‘tgan yili jamoani tark etishiga bir qadam qolgani haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ispaniyalik futbolchi 2025 yil yanvarida Italiyadagi "Komo" klubiga o‘tishga juda yaqin bo‘lgan, biroq kelishuv yakuniga yetmagan. Shundan so‘ng Garsiya "ko‘k-anorranglilar"ning asosiy tarkibidan joy olishga muvaffaq bo‘ldi.
"Bir payt "Komo"ga ketaman, deb o‘ylagandim. Ammo "Benfika"ga qarshi o‘yin hammasini o‘zgartirdi. Flik bilan suhbatdan keyin qolishga qaror qildim va hozir ayta olamanki, bu to‘g‘ri tanlov bo‘lgan", — deya Garsiyaning so‘zlarini ispan OAV keltirmoqda.
Futbolchi uchun burilish nuqtasiga aylangan "Benfika"ga qarshi bahs Chempionlar ligasining o‘tgan mavsumidagi umumiy bosqichida o‘tkazilib, kataloniyaliklar 5:4 hisobida g‘alaba qozongan. O‘sha uchrashuvda Garsiya ham gol urgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!