Yevropa Ligasi pley-offida Fenerbahche Nottingem Forest bilan o'ynaydi

Yevropa Ligasi pley-off bosqichidagi ilk o'yinda Istanbulning «Fenerbahche» jamoasi «Nottingem Forest»ni qabul qiladi. Uchrashuv oldidan futbol sharhlovchisi Aleksandr Yelagin ushbu bahs yuzasidan o'z fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yelaginning ta'kidlashicha, «Nottingem Forest» Angliya Premyer-ligasida quyi pog'onalarga yaqin yurgani bilan, Yevropa Ligasi bahslarida munosib o'yin ko'rsatmoqda. Sharhlovchi bu juftlikda aniq favorit yo'qligini qayd etib, eng mantiqli variant sifatida gollar soniga e'tibor qaratishni taklif qildi: uning prognoziga ko'ra, o'yinda 2-3 ta gol urilishi mumkin.
«Fenerbahche» — «Nottingem Forest» uchrashuvi bugun, 19-fevral kuni Istanbuldagi stadionda bo'lib o'tadi. Bellashuv 22:45 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!