Yevropa Ligasi pley-offida Fenerbahche Nottingemni qabul qiladi

Yevropa Ligasi pley-off bosqichidagi ilk o‘tish uchrashuvida Istanbulning «Fenerbahche» jamoasi «Nottingem Forest»ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs arafasida futbol sharhlovchisi Aleksandr Yelagin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yelaginga ko‘ra, «Nottingem Forest» APLda quyi pog‘onalarga yaqin bo‘lsa-da, Yevropa Ligasida o‘zini munosib ko‘rsatmoqda. Sharhlovchi bu juftlikda yaqqol favorit ko‘rinmayotganini ta’kidlab, gol bo‘yicha variantni ma’qul deb bildi: uning taxmini — o‘yinda 2-3 ta gol.
«Fenerbahche» — «Nottingem Forest» uchrashuvi bugun, 19-fevral kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi. Start 22:45 da (Toshkent vaqti bilan) rejalashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing