date

Dani Olmo Barselona Chempionlar ligasi finaliga yaqin kelganini aytdi

Dani Olmo Barselona Chempionlar ligasi finaliga yaqin kelganini aytdi

"Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmo Chempionlar ligasida g'oliblik uchun kurash haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Olmoning ta'kidlashicha, o'tgan mavsum kataloniyaliklar finalga juda yaqin kelgan, biroq hal qiluvchi bosqich qo'ldan chiqib ketgan. Uning aytishicha, aynan shu holat jamoani yanada ko'proq ruhlantirib, kubok uchun oxirigacha kurashishga undamoqda.

Eslatib o'tamiz, o'tgan Chempionlar ligasi mavsumida "Barselona" yarim finalgacha yetib borgan va unda Milanning "Inter" jamoasiga qarshi bahsda mag'lub bo'lgan (3:3, 3:4).

Joriy mavsumda Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa umumiy bosqichni beshinchi o'rinda yakunlab, 1/8 finalga to'g'ridan to'g'ri yo'llanma oldi. "Barselona" sakkiz turda 16 ochko jamg'ardi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dani Olmo Barselona Chempionlar ligasi finaliga yaqin kelganini aytdi