date

Keylor Navas Messi va Ronaldu emas, Neymarni alohida e'tirof etdi

Keylor Navas Messi va Ronaldu emas, Neymarni alohida e'tirof etdi

Darvozabon Keylor Navas faoliyati davomida Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada o'ynashga ham ulgurgan. Shunga qaramay, uning eng katta taassurotini aynan Neymar qoldirgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Navasning aytishicha, braziliyalik hujumchining tabiiy iste'dodi uni hayratda qoldirgan: Neymar to'p bilan xohlagan ishini qilgan, o'ng yoki chap oyog'i bilan o'ynashi esa umuman farq qilmagan. Darvozabon Neymarni kuzatganida, go'yo u bolalarga qarshi o'ynayotgandek taassurot uyg'onganini ham qo'shimcha qilgan.

Hozir 34 yoshli Neymar "Santos" sharafini himoya qilmoqda. U avvalroq Yevropada "Barselona" va "PSJ" klublarida ham to'p surgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Keylor Navas Messi va Ronaldu emas, Neymarni alohida e'tirof etdi