Kompani Mourinyuning Vinisiusga qilgan e'tirozlarini tanqid qildi

Lissabonda bo'lib o'tgan Chempionlar ligasi uchrashuvi mojaroga sabab bo'ldi: Vinisius Junior raqib futbolchi Janluka Prestianini irqchilikda aybladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yindan keyin «Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyu klub ramzi sifatida qora tanli afsona Eysabiuni tilga oldi. Shuningdek, portugaliyalik mutaxassis Vinisiusning golni nisbatan provokatsion nishonlaganini tanqid qilib, uning xatti-harakatiga e'tiroz bildirdi.
«Bavariya» ustozi Vensan Kompani esa Mourinyuning bu pozitsiyasini noto'g'ri deb baholadi. Uning aytishicha, Mourinyu Vinisiusning bayram qilish uslubini bahona qilib, futbolchining o'sha vaziyatda aytgan gaplari va harakatini obro'sizlantirishga uringan va bu katta xato bo'lgan.
Kompani Eysabiu nomi keltirilganiga ham to'xtaldi: «Mourinyu “Eysabiu borligi uchun «Benfika» irqchi bo'la olmaydi” dedi. 60-yillarda qora tanli futbolchilar nimalarni boshdan kechirganini bilamizmi? U Eysabiu bilan safar o'yinlariga borib, uning ko'rganlarini ko'rganmi? Bugun Eysabiu nomidan foydalanib, Vinisiusga e'tiroz qilish noto'g'ri», — dedi Kompani jurnalistlarga.
Shu bilan birga, «Bavariya» murabbiyi Mourinyu haqida shaxsiy jihatdan yomon fikrda emasligini ham qo'shdi: u ko'plab futbolchilar va mutaxassislar Mourinyuni hurmat qilishini, murabbiy klub manfaatini himoya qilayotganini, biroq bu safar xatoga yo'l qo'yganini ta'kidladi.
«Bavariya» shanba kuni «Ayntraxt»ni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!