date

Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Argentinaning «Boka Xuniors» klubi yangi sport direktori kim bo‘lishini rasman e’lon qildi: bu lavozimni Marselo Delgado egalladi. U klub prezidenti, «Barselona»ning sobiq futbolchisi Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Boka Xuniors» tarkibni tez fursatda kuchaytirishga muhtoj ekani ta’kidlanmoqda. Endi Delgado va Rikelme transfer bozorida jamoani zarur pozitsiyalar bo‘yicha mustahkamlash ustida ishlashiga to‘g‘ri keladi.

Marselo Delgadonинг futbolchi sifatidagi faoliyati ham e’tiborga molik: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 uchrashuv o‘tkazgan, jumladan 1998 yilgi jahon chempionati bahslarida ham maydonga tushgan.

Delgado 2003 yilda Libertadores kubogida eng ko‘p gol urgan futbolchilar qatoridan joy olgan. U bu ko‘rsatkichda «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga turnir to‘purari bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi