Bavariya Maykl Olisheni yozda sotmaslikka qat'iy qaror qildi

“Bavariya” vingeri Maykl Olishe joriy mavsumda barqaror va samarali o'yin ko'rsatmoqda. Shu bois u haqida APLning yirik klublari, xususan “Liverpul” bilan bog'liq mish-mishlar ham paydo bo'lib turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Biroq Myunxen klubi rahbariyati yaqin yozda Olisheni qanday holatda ham sotmaslikka qaror qilgan. The Touchline manbasi aynan shu pozitsiya o'zgarmasligini ta'kidlaydi.
Futbolchining o'zi ham bunday qat'iy qarorni muammo deb bilmayapti: fransuz futbolchi “Bavariya”da o'zini baxtli his qilmoqda va aynan Myunxenda eng yuqori darajasiga chiqqanini sezmoqda.
Eslatib o'tamiz, Maykl Olishe 2024 yil iyulida “Kristal Pelas”dan “Bavariya” safiga kelib qo'shilgandi. Shundan beri u 89 ta uchrashuvda maydonga tushib, 33 ta gol va 48 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!