Olivye Jiru mavsum yakunida Lillni tark etishi mumkin

«Lill» safida to‘p surayotgan 39 yoshli hujumchi Olivye Jiru joriy mavsum tugagach jamoani tark etishi ehtimoli bor. Bu haqda L’Equipe xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, Liga 1 klubi tajribali futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirishga unchalik moyil emas. Jiruning amaldagi shartnomasi 2026 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Jiru «Lill»ga o‘tgan yozda qo‘shilgandi. Fransiya chempionatining joriy mavsumida u 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etdi.
Liga 1 ning 22-turidan so‘ng «Lill» 34 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing