date

Keylor Navas Messi va Ronaldudan ko'ra Neymarga qoyil qolganini aytdi

Keylor Navas Messi va Ronaldudan ko'ra Neymarga qoyil qolganini aytdi

Faoliyati davomida Keylor Navas bir jamoada ham Lionel Messi, ham Krishtianu Ronaldu bilan birga to'p surgan. Biroq kostarikalik darvozabon uchun eng katta taassurot qoldirgan futbolchi boshqa bo'lib chiqdi — Neymar. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Navasning aytishicha, Neymar iste'dod nuqtayi nazaridan uni juda hayratga solgan: braziliyalik hujumchi to'p bilan xohlagan ishini qila olgan, buning uchun o'ng yoki chap oyog'idan foydalanishi ham ahamiyat kasb etmagan. Darvozabon Neymarni o'yinda ko'rganda, go'yo o'zi bolalariga qarshi maydonga tushgandek his qilganini ta'kidladi.

Hozir 34 yoshli Neymar "Santos" sharafini himoya qilmoqda. Avvalroq u Yevropada "Barselona" va "PSJ" safida ham to'p surgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Keylor Navas Messi va Ronaldudan ko'ra Neymarga qoyil qolganini aytdi