Boka Huniors yangi sport direktorini rasman e'lon qildi

Argentina grandi «Boka Huniors» klubida sport direktori lavozimi bo'yicha yangi tayinlov amalga oshirildi. Jamoaning ushbu yo'nalishdagi ishlarini endilikda Marselo Delgado boshqaradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Delgado klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. «Barselona»ning sobiq futbolchisi bo'lgan Rikelme bilan birga ular «Boka Huniors» tarkibini imkon qadar tez kuchaytirish vazifasi ustida ish olib borishi kutilmoqda.
Yangi sport direktori futbolchilik faoliyatida ham tanilgan: u 1995–2002 yillar oralig'ida Argentina terma jamoasida 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Delgado 2003 yilda Libertadores kubogi to'purari bo'lgan — u bu ko'rsatkichni «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan bo'lishib olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!