Skott Maktominey bilan shartnomani uzaytirish ishlari ketmoqda

Italiyalik taniqli jurnalist Nikolo Skira shotlandiyalik yarim himoyachi Skott Maktominey atrofidagi vaziyatga to'xtaldi. Uning aytishicha, “Napoli” futbolchining o'yinidan juda mamnun va u bilan kelishuv muddatini uzaytirish bo'yicha ish olib bormoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Skiraning ta'kidlashicha, ikki tomon ham shartnomani uzaytirishni istaydi va buni yashirmayapti. Muzokaralar jarayoni qizg'in pallada, neapolliklar esa Maktomineyni jamoa uchun juda muhim figuraga aylangan futbolchi deb hisoblaydi: u individual ko'rsatkichlari bilan maydonda farq yarata oladi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi 2024 yildan beri Italiyada to'p surmoqda, biroq uning huquqlari hanuz “Manchester Yunayted”ga tegishli.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing